Kuni kecha Samarqand shahrida III Rossiya-Oʻzbekiston taʼlim forumi doirasida imzolangan Memorandum doirasida MTYU MMFI Toshkent filialiga AJ “Институт Оргэнергострой” bugun bosh direktori oʻrinbosari Ruben Sargisovich Gasparyants tashrif buyurdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Yadro energetikasini rivojlantirish agentligi oʻrtasidagi oʻzaro anglashuv memorandumiga muvofiq, AJ “Институт Оргэнергострой” va MTYU MMFI TF AJ “Институт Оргэнергострой” Toshkent filiali talabalarimiz uchun yana bir amaliyot o‘tash markaziga aylanadi. Shundan kelib chiqib,Toshkent filialida tayyorlanayotgan mutaxassislarning ko‘nikma va malakalari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun R.S. Gasparyants tashrifi avvalida MTYU MMFI filial bitiruvchilarining o‘quv dasturlari va bitiruv dissertatsiyalari mavzulari bilan tanishdi.
Gasparyants R.S. Filialda mavjud laboratoriya xonalari va barcha zamonaviy jihozlar bilan tanishib, MTYU MMFI TF laboratoriyalari va AJ “Институт Оргэнергострой” o‘rtasidagi hamkorlikni ko‘rib chiqishni taklif qildi.