Avlodlar uchrashuvi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-oktabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Ulug’bek qishlog’i “Yoshlar saroyi”da filialimiz talabalarining ustozlar, mehnat faxriylari, olimlar va faollari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir filial rahbariyati tomonidan Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda keksa va yosh avlod o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash, keksa avlod vakillariga hurmat-ehtiromli munosabatni shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda filialimiz talabalari va mahallamiz faollari tomonidan tayyorlangan konsert bo‘lib o‘tdi va tadbir so’ngida ishtirokchilar esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Tadbirdan so‘ng MMFI boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi A.Kotov va direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari B.Shaydullaev mahalla vakillari bilan birgalikda mo‘tabar keksalarni ziyorat qilishdi.

Previous
Next

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *