Bugun, 16-mart kuni Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta’lim vazirining o‘rinbosari Mogilevskiy Konstantin Ilyich MTYU MMFI Toshkent filialida amaliy tashrif bilan bo‘ldi.
Konstantin Ilyichga filialning laboratoriyalari, o‘quv xonalari va moddiy-texnik bazasi ko‘rsatildi. Tashrif davomida MTYU MMFI rahbariyati Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirining o’rinbosari bilan Filialni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Tashrif yakunida Konstantin Ilyich ijtimoiy blok va professor-o‘qituvchilar uchun mehmonxonaga tashrif buyurdi.