MYTU MMFI Тoshkent filialida 15-sentabr kuni MYTU MMFI da filialimiz Yoshlar ittifoqining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab filial ijrochi direktori Abdukomilov Sh.SH. barcha mehmonlarni qutlab, 4-kurs TF19-132 guruhi talabasi Bahodirov Shahbozga lavozimida qilgan mehnati uchun minnatdorchilik bildirdi.
Bahodirov Sh. o‘z hisobotini taqdim etib, filial talabalarini yangi nomzod — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan MYTU MMFI boshlang‘ich tashkilot yetakchisi lavozimiga tavsiya etilgan Aleksey Kotov bilan tanishtirdi.
Kotov A. 2022-2023 o‘quv yili uchun o‘z dasturini taqdim etdi va dastur talabalarga yoqgani sababli ular bir ovozdan uning nomzodiga ovoz berishdi.
Tadbirda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Yoshlar ittifoqi raisi Xujaqulov Bobur ishtirok etib, tadbir so‘ngida so‘zga chiqib, filialimiz yangi yetakchisini tabrikladi va filial bilan samarali hamkorlik qilish yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Xo‘jaqulov B. eng zamonaviy laboratoriyalarga, yuqori malakali o‘qituvchilarga, talabalarning ilmiy salohiyatiga ega bo‘lgan universitetimizda o‘qish imkoniyati va sharoitlarini ko‘rib, Prezident maktablarining eng yaxshi o’quvchilari uchun filialga ekskursiya tashkil etishga qaror qildi.