“Mening Konstitutsiyam” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Davra suhbatida filialning barcha xodimlari, professor-o‘qituvchilari, Ulug‘bek mahallasi aholisi va faollari ishtirok etdi. Davra suhbatida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ilmiy-innovatsion ishlar bo‘yicha prorektori, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi, Konstitutsiyaviy komissiya a’zosi Ismailova Gulnoza Saydiganixo‘jaevna, shuningdek, fakultet dotsenti so‘zga chiqdi.  Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida gapirdi.


Konstitutsiyaviy qonun loyihasida Asosiy qonunimizning 60 moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Bundan tashqari, 6 ta yangi modda joriy etilib, ularda 16 ta yangi norma joriy etilmoqda.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *