Ochiq eshiklar kunlari

2022-yil 10-may kuni MMFI Toshkent filialida “Ochiq eshiklar kunlari” boshlandi, ushbu kasbga yo‘naltirish tadbiri doirasida MMFI talabasi bo‘lishni xohlovchi har bir kishi uchun boy dastur taqdim etilgan. I.M.Gubkin nomidagi akademik litsey o‘quvchilari Toshkentdagi filiali ochiq eshiklar kuni doirasida atom fizikasi va optika bo’yicha laboratoriyalarda, VR dubulg‘asi va mikroskopli virtual laboratoriyada ishtirok etishi talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Dasturning bir qismi Axborot-resurs markazida bo‘lib o‘tdi va unda litsey o‘quvchilari uch jamoaga bo‘lingan holda “Men atom energetikasi haqida nima bilaman?” viktorinasida bellashtilar, g‘olib bo‘lganlarga esdalik sovg‘alari topshirilib, har bir ishtirokchiga sertifikatlar topshirildi. Ekskursiya Filialning ijtimoiy bloki bilan tanishish bilan yakunlandi. Kun do’stona muhitda o’tdi, unda ko’ngilli talabalar MMFI TF ning faol hayotiga sho’ng’ishdi.