Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent filialida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31-yilligi va birinchi kurs talabalari kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi!
Yangi o‘quv yili quyoshning iliq nurlari va maftunkor bilim olamiga sho‘ng‘imoqchi bo‘lgan o‘quvchilarning quvonchli tabassumlari bilan boshlandi.
MMFI Toshkent filiali talabalarini shaxsan tabriklash uchun “Uzatom” agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Baxrom Mansurov, “Rosatom” davlat korporatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi vakili Aleksey Say va Toshkentdagi Rus uyi vakili tashrif buyurishdi. “Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Mixail Vojdaev ham talabalarni o‘quv yilining boshlanishi bilan tabrikladi: “O‘quv yilining boshlanishi har doim hayajonli va juda yoqimli daqiqadir. Yozgi ta’tilda kimdir do’stlarini sog’inadi, kimdir yangi bilim olishga intiladi va kimdir ilm-fan olamini kashf etishga hozirlik ko’radi. Bugun har bir maktab o’quvchisi, talaba, o’qituvchi ushbu bayram muhitini his qilsin va butun o’quv yilini davomida ijobiy his-tuyg’ular va kuch bilan to’ldirsin! Barchaga a’lo baholar, tabassum va yangi kashfiyotlar quvonchini tilaymiz! ”
Tadbirda yuqori kurs talabalari o‘zlarining ijodiy chiqishlarini namoyish etdilar va yangi MMFI talabalariga o‘zlarining bebaho maslahatlari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbirdan so‘ng mehmonlar va 1-kurs talabalariga universitet bo‘ylab sayohat uyushtirildi.