Prezident maktabi o’quvchilari MYTU MMFI TFga tashrif buyurdi

15 sentyabr kuni MTYU MMFI Toshkent filialida hisobot va saylov konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Tadbirda Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani yoshlar Ittifoqi raisi Xujaqulov Bobur ishtirok etgan edi, u universitetimizda o’qish imkoniyatlari va sharoitlarini ko’rib, prezident maktabining eng yaxshi o’quvchilari uchun filialga ekskursiyalar tashkil etishga qaror qilgandi.

Kecha, 22-sentyabr kuni filialimizga Toshkent shahar Prezident maktabi o’quvchilari tashrif buyurishdi. Filialning professor-o’qituvchilari va yuqori kurs talabalari mehmonlarga MYTU MMFI TF haqida gapirib, O’zbekistondagi eng zamonaviy jihozlangan laboratoriyalarimizni namoyish etdilar. Shuningdek, mehmonlarimiz filial axborot markazi, o’quv xonalari va ma’ruza zallarini ko’rishdi. Ekskursiya oxirida MYTU MMFI TF boshlang’ich tashkilot yetakchisi Kotov Aleksey tomonidan tashkillashtirilgan viktorina o’tkazildi.

Previous
Next

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *