Bugun, 23-oktabr kuni “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori o‘rinbosari Nikolay Nikolayevich Spasskiy va Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Natalya Bocharova MTYU MMFI TF ga amaliy tashrif bilan kelishdi.
Mehmonlar laboratoriya va o‘quv xonalari bilan tanishdilar. Talabalar filialning zamonaviy laboratoriya jihozlari, elektron ma’lumotlar bazalarini bilan namoyish etdilar.
Tashrif davomida N.N. Spasskiyning va va N.A. Bocharova ijtimoiy blok va professor-o’qituvchilar uchun mehmonxonaga ham tashrif buyurishdi va talabalari bilan suhbatlashdi.
N.N. Spasskiy va N.A. Bocharova talabalarning ta’lim olishi va yashashi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholadi va MTYU MMFI Toshkent filialini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishini belgilab berdi.