MYDU MMFI TF talabalari 22-sentyabr kuni xalqaro «Rossiya ta’limi.Toshkent-2022» ko’rgazma-yarmarkasida qatnashdilar.
Ko’rgazma 2022-yil 22-24-sentyabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo’lib o’tadi. Ushbu ko’rgazmaning tashkilotchilari- Россотрудничество, O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Rossiya Federatsiyasining O’zbekiston Respublikasidagi elchixonasi.Bu yil Rossiyaning 55 ta universiteti sizning e’tiboringizga o’zlarining ta’lim dasturlarini taqdim etadi. Ko’rgazma-yarmarkaning asosiy maqsadi abituriyentlarni Rossiyaning yetakchi universitetlarida xalqaro dasturlarda o’qish imkoniyatlari bilan tanishtirishdir.
Bizning talabalar o’zlarining ta’lim yo’nalishlari bo’yicha magistratura va aspiranturaga qiziqish bildirishdi.Ko’rgazmaga tashrif buyurib, ular Rossiya texnik universitetlari vakillaridan juda ko’p qiziqarli ma’lumotlar va takliflarni oldilar.