1989-yil 21-oktabrda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan. Mazkur qonunning 1-moddasida va Konstitutsiyamizning 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir” deb, O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilinishi kerakligi belgilangan.
Bugun, 20-oktabr MYTU MMFI TF da O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir falsafa fanlari doktori, professor Mansurova Gulnora Xojibekovnaning ona tilini bilishning ahamiyati haqida ma’ruzasi bilan boshlandi, hamda o’zining rus tiliga tarjima qilgan mashhur o‘zbek she’rlarini o‘qib berdi, so‘ngra filial talabalari yig‘ilganlarni ularning ijodiy chiqishlari bilan xushnud etdilar. .