Bugun, 21-oktabr kuni Yangi O‘zbekiston universiteti vakillari MYTU MMFI Toshkent filialiga tashrif buyurishdi.
MYTU MMFI Toshkent filiali O‘zbekistondagi eng zamonaviy jihozlangan oliy o‘quv yurti bo‘lganligi va Yangi O‘zbekiston universitetining qurilishi davom ettayotgani sababli Yangi O‘zbekiston universitetining professor-o‘qituvchilari va ma’muriyati laboratoriya, o‘quv xonalari, axborot-resurs markazi, hamda filialning barcha jihozlarini o‘rganib chiqdilar.
Yangi O‘zbekiston universiteti Prezidentning 2021-yil 23-iyundagi qarori bilan tashkil etilgan. Yangi O‘zbekiston universitetida o‘quv rejalari va dasturlari Massachusets texnologiya instituti va Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.