KIRISH SINOVLARI

Tanlovda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari quyidagi fanlardan 3 ta imtihon topshiradilar:
— Matematika (demo versiyasi)
— Fizika (demo versiyasi)
— Rus tili (demo versiyasi)

Abituriyentlar Filialga matematika, fizika va rus tili fanlaridan imtihon natijalariga ko‘ra o‘qishga qabul qilinadi.

2022/2023 o‘quv yili uchun MTYU MMFI Toshkent filialiga o‘qishga kirish uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadi:
— Matematika — 2022 yil iyul oyi oxiri
— Fizika — 2022 yil iyul oyi oxiri
— Rus tili — 2022 yil iyul oyi oxiri
— Zaxira kuni — faqat asosiy kuni uzrli sabablarga ko’ra imtihonni o’tkazib yuborgan abituriyentlar uchun.

Har bir kirish testining yozma ishlari 100 balli tizimda baholanadi. Har bir kirish testi uchun kirish imtihonining muvaffaqiyatli yakunlanganligini tasdiqlovchi minimal ball miqdori belgilanadi:
— Matematika — 40 ball
— Fizika — 40 ball
— Rus tili — 40 ball

Kirish imtihonlarining birortasida eng kam balldan kam ball to‘plagan shaxslar keyingi tanlovda qatnashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

1. Kirish imtihonlari natijalari filialning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
2. Apellyatsiya arizasi abituriyent tomonidan kirish imtihonining natijalari e’lon qilingan paytdan boshlab 24 soat ichida qabul komissiyasiga taqdim etiladi.
3. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiyani ko‘rib chiqib, bahoni o‘zgartirish (ko‘tarish yoki kamaytirish) yoki ko‘rsatilgan bahoni o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.