O’ZATOM DIREKTORI stipendiyasi

MTYU MMFI TF talabasi “O‘zAtom” agentligi bosh direktorining nominal stipendiyasi sohibi bo‘ldi

 “O‘zatom” agentligining 2023-yil 14-fevraldagi 11-sonli buyrug‘iga asosan 4-kurs TF19-132 guruhi talabasi Tojibayeva Dilfuza Muzaffarovna 2022-2023 yil kuzgi semestr uchun “O‘zatom” agentligi Bosh direktorining stipendiyasi sohibi bo’ldi.

“O’zatom” agentligi Bosh direktorining nominal stipendiyasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, stipendiya sohibiga hisobot o‘quv semestrida eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida (1 eng kam ish haqi = 920 000 so‘m) oylik qo‘shimcha pul nafaqasi to‘lanadi.

Dilfuzani tabriklaymiz va yangi zafarlar tilab qolamiz!

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *