III O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi

III O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi o‘z ishini boshladi.

Samarqand davlat universitetida boʻlib oʻtаyotgan ushbu nufuzli xalqaro forumda 200 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari (jumladan, MTYU MMFI vakillari ishtirok etmoqda: Oleg Viktorovich Nagornov – MTYU MMFI birinchi prorektori, Abdukomilov Shavkat Shuhratovich – MTYU MMFI TF ijrochi direktori, va Yuriy Aleksandrovich Maslov —  MTYU MMFI TF direktori vazifasini bajaruvchi), ishlab chiqarish kompaniyalari vakillari, ikki mamlakat vazirliklari va idoralari rahbarlari.

Mazkur forum doirasida ikki mamlakat taʼlim muassasalari va yetakchi kompaniyalari oʻrtasida fan, taʼlim, ishlab chiqarish integratsiyasi, shuningdek, muhandislik-texnologiya, energetika, kimyo kabi sohalarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

Konferensiyaning yalpi majlisida ikki davlat rahbarlarining forum ishtirokchilariga yo‘llagan tabriklari o‘qib eshittirildi.

Forumning dastlabki ishi mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining Rossiya sanoat tarmoqlari bilan integratsiyalashuvi doirasidagi muzokaralarga bag‘ishlandi, keyin esa u sektorlarga bo‘linishda davom etdi.

Qayd etish joizki, forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi, AJ “Institut Orgenergostroy” va MYTU MMFI Toshkent filiali va Atom energetikasini rivojlantirish agentligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi, MYTU MMFI va SamDU o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Previous
Next

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *