Navro’z olami

Yorqin bahor va yangilanish bayrami arafasida MTYU MMFI Toshkent filialida “Navro‘z olami” festivali bo‘lib o‘tdi.

Mazkur festival doirasida “SMAK” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Oshpazlik duelida 4 ta yo‘nalish talabalari bellashdilar. Har bir jamoa hakamlar hay’ati a’zolariga bir nechta taomlar va ichimliklar taqdim etdi, ular tomonidan tayyorlangan taomlar haqida hikoya qildi. Talaba oshpazlar turli taomlari va oshpazlik mahorati bilan hay’at a’zolarini lol qoldirdi. Shuningdek, sovg’alar bilan bir nechta qiziqarli viktorinalar o’tkazildi. Tanlov yakuniga ko‘ra “Elektr energetika va elektrotexnika” yo‘nalishi jamoasi g‘olib deb topildi.Tadbir so‘ngida filial ijrochi direktori Abdukomilov Shavkat tomonidan barcha ishtirokchilarga pul mukofotlari uchun sertifikatlar topshirildi. tanlov o‘quvchilarni juda xursand qildi.

Festivalning ikkinchi kuni talabalar va filialning barcha xodimlari uchun bayram dasturxoni tashkil etildi. Tadbirga “O‘zatom” agentligi vakillari ham taklif etildi. Bayram dasturxonida barcha mehmonlar filial xodimlari tomonidan tayyorlangan o‘zbek milliy taomlaridan hamda Navro‘z bayramining bahoriy taomi – sumalakdan tatib ko‘rishdi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *