17 iyul kuni Rossiya Federatsiyasining Kaluga viloyatida “Форсаж-2022” yosh mutaxassislar hamjamiyatlarining xalqaro forumi ochildi, unda “UzAtom” agentligi jamoasi tarkibida MMFI Toshkent filiali talabalari Timur, Dilfuza va Sardor ishtirok etishdi.
Forum yetakchi ekspertlar atom sanoati, yoqilg‘i-energetika kompleksi va sanoatning yosh vakillari bilan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashadigan noyob platformadir. Har xil oʻquv formatlari (ishbilarmonlik oʻyinlari, amaliy ishlar, davra suhbatlari, bahslar va boshqalar), lager miqyosida oʻtkaziladigan tadbirlar va yaxshi anʼanaga aylangan oliy mansabdor shaxslarning tashriflari “Форсаж”ni yilning eng yorqin voqealaridan biriga aylantiradi.
Bu yil forum mavzusi “Территории. Технологии. Люди«. Forum bahs-munozaralar, interaktiv ma’ruzalar, ma’ruzachi bilan suhbat, savol-javoblar, mini-treninglar va mahorat saboqlarini o‘z ichiga olgan o‘yinlar formatida o‘tkaziladi.