Volontyorlik va hordiq

Bugun MMFI Toshkent filiali talabalari 2022-yil 8-18-sentabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi Kino uyida bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘li gavhari” xalqaro kinofestivaliga tayyorgarlik ko‘rishda volontyorlar sifatida ishtirok etishdi.

Shundan so‘ng muzeylar haftaligi doirasida talabalarning madaniy hordiq chiqarishlarini tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyi — Markaziy Osiyodagi eng yirik sanʼat muzeylaridan birida ekskursiya qilishdi.Bu muzeyda 100 mingdan ortiq noyob buyumlar va kolleksiyalar saqlanadi. Muzey rahbariyati taklifiga ko‘ra Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori, tarix fanlari doktori Mirsodiq Mirsultanovich Isxakovning “Sug‘diyona, sug‘dlar, hujjat tarixi, madaniyati va san’ati tarixidan” nomli mahorat darsida faol talabalarimiz ham qatnashishga muvaffaq bo‘lishdi.Talabalarga ushbu mahorat darsi va muzey, ayniqsa, san’at galereyasi bo‘ylab ekskursiya juda yoqdi.

Previous
Next

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *