INNOWEEK-2022

Toshkent shahridagi MTYU MMFI filialining TF 20-131 guruhi talabalari «Elektrotexnika» fanidan o’qituvchi Ivanova E.V. 22.10.22 – 21.10.22 kunlari Toshkent shahridagi koʻrgazmalar majmuasida boʻlib oʻtayotgan “INNOWEEK – 2022” xalqaro koʻrgazmasiga tashrif buyurdi. Ko‘rgazma elektrotexnika, mashinasozlik sohasidagi yangi texnologiyalarga bag‘ishlangan.

Talabalarda quyosh batareyalari, quyosh energiyasidan foydalanadigan sanoat isitgichlari, 3D-printerlarning va dronlarning yangi modellarini ishlab chiqarish qiziqish uyg‘otdi. Elektromobillarning yangi modellari talabalarning alohida e’tiborga sazovor bo’ldi. Ko‘rgazma tashkilotchilari tomonidan turli qurilmalarning ishlashi haqida tushuntirishlar berilgani talabalarimizda yanada katta qiziqish uyg‘otdi.

Previous
Next

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *